“Statista” prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston “e-commerce” bozori ajoyib o‘sish sur’atlarini namoyon etadi va bozor hajmi 2023-yildayoq $1567 mln ga yetadi. Yaqin besh yilga o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 13,93 foiz deb baholanmoqda, buning natijasida 2027-yilga kelib bozorning prognoz qilinayotgan hajmi $2640 mln, foydalanuvchilar soni taqriban 15,9 mln kishiga yetadi, bunda foydalanuvchilar kirib borishi 2023-yildagi 38,0% dan 2027-yilga borib 42,9% ga o‘sadi, bir foydalanuvchidan o‘rtacha chek esa, qariyb $117,2 ni tashkil qiladi.
Ushbu raqamlar respublikaning umumiy rivojlanish statistikasiga to‘liq mos keladi. Chunonchi O‘zbekistonda 2012-yildan boshlab o‘rtacha yillik iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,9% ni tashkil qildi. Mintaqaning eng aholisi zich mamlakati sanaladigan O‘zbekiston aholisining soni keyingi 20 yilda 42% ga oshdi, YIM esa 4 barobarga kengaydi (faqat 2022- yilning o‘zida YIM o‘sishi 5,7% ni tashkil qildi).
Hozirda O‘zbekiston aholisining 60% dan ko‘prog‘i yoshlar, ular tom ma’noda qo‘llarida smartfon bilan katta bo‘ldilar va xizmat hamda tovarlarni onlayn buyurtirish bo‘yicha ko‘nikmaga egalar. Internetning chuqur kirib borganligi (55% dan yuqori), shuningdek pandemiya cheklovlari davrida shakllangan xaridlarni onlayn amalga oshirish borasidagi qat’iy odat bunda asosiy rol o‘ynaydi.
Va nihoyat, elektron tijorat rivojlanishi respublika hukumati tomonidan izchil qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, 2022-yil 31-dekabrda kuchga kirgan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunning yangi talqini elektron tijorat, uning subyektlari va raqamli mahsulotlar hamda xizmatlarning turli toifalariga aniq ta'rif beradi. Hujjat oldi-sotdining masofaviy xarakterini, “e-commerce” bozorining barcha ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini qat’iy belgilaydi, bu mazkur soha rivojlanishining shaffof va barqaror xarakterini ta'minlaydi.
To‘lovga qobil aholi tomonidan onlayn xaridlarga ishonch va talab o‘sib borishi fonida onlayn-ishtirokchilar o‘z maydonlarini rivojlantirmoqdalar. Raqobat o‘smoqda, u bilan birga tobora talabchan va ziyrak bo‘lib borayotgan mijoz sadoqati uchun kurash faol avj olmoqda. Bu, ayniqsa, tovarlarni yetkazib berish tezligiga tegishli: chunonchi, oziq-ovqat chakana bozorida va umumiy ovqatlanishda soat va daqiqalarning qadri oshib bormoqda.
Shu tariqa elektron tijorat segmentining jo‘shqin rivojlanishi yaqinroqdagi ombordan yakuniy xaridorgacha bo‘lgan barcha “oxirgi mil” yetkazmalar logistik amaliyotlari uchun chaqiriqqa aylanmoqda, bunda eng muhim raqobat afzalliklari tezlik va sifat bo‘lmoqda.
Yetkazib berishdagi murakkab zanjirlar qisqarishi
Onlayn-xaridlar yetkazib berilishining foydalanuvchi uchun qulay shakllari rivojlanishi buyurtmalarni olish punktlari (BOP), postamatlar va “eshikkacha” kuryerlik yetkazib berish variantlarining keskin ko‘payishiga olib keldi. Har yili BOP va postamatlar soni karrasiga oshmoqda va hozircha – har qalay, yaqin bir necha yilda – bozor to‘yinishi to‘g‘risida gapirishga erta.
Hozirdayoq “e-commerce” bozori ishtirokchilari kuryerlik yetkazib berilishi va avtotransportga salmoqli talabni shakllantiryapti, buning barobarida yakuniy yetkazishgacha tovarlar saqlanadigan omborxonalar va taqsimot markazlariga talab o‘smoqda. NF Group baholashiga ko‘ra, Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida omborxona ko‘chmas mulkining ijara qiymati keskin oshib boryapti, bu bozorda maydonlar tanqisligi mavjudligini bilvosita tasdiqlaydi.
Yetkazib berishni tashkil etish modeli qanday bo‘lmasin, “e-commerce” bozori uchun buyurtmalar harakatlanishining moslashuvchanligi va shaffofligini ta’minlash eng muhim nuqta bo‘ladi. Bunday imkoniyatlar uzoq yo‘nalishlarda ishlash bo‘yicha salmoqli tajribaga ega, birinchilardan bo‘lib raqamli servislarni o‘zlashtirgan logistika operatorlarining zamonaviy texnologik AT-platformalarida mavjud.
Logistikani avtomatlashtirish afzalliklari
Logistik AT-platformalar bugungi kunda yagona darcha rejimida turli amaliyotlarni avtomatlashtirish imkonini beruvchi raqamli servislar ekotizimini o‘zida ifodalaydi. Ular, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
● Yuk gabariti, hajmi va miqdori, yetkazib berish manzili, muddatlarga talablar va boshqa mezonlar inobatga olingan holda buyurtmalarni taqsimlash va yo‘nalishni belgilash;
● Real vaqt rejimida yetkazib berishni monitoring va nazorat qilish;
● Dispetcher, haydovchi/kuryer va buyurtmachi o‘rtasidagi kommunikatsiya;
● Hisobotlar va biznes-tahlil tuzish.
Yuk yetkazib berilishi jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ularning har biri uchun, zarur hollarda yetkazib berish maqomiga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati bilan, o‘z biznes-jarayonlarini amalga oshirishga kerakli barcha axborotdan to‘laqonli foydalanishni ta'minlaydi.
Chunonchi haydovchi yoki kuryer mobil ilovada buyurtma haqidagi barcha ma’lumotlarni ko‘radi, u yerda bajarilgan vazifalarni belgilashi yoki dispetcher hamda xaridor bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin. Yuk qabul qiluvchi avtomatik ravishda yetkazib berish muddatlari haqida xabar oladi va jarayonning har bir ishtirokchisi har bir reys yakunlangach, onlayn-hisobot bilan tanishishi mumkin.
Yagona platforma doirasida buyurtma olishdan to ish bajarilgani haqidagi hisobotgacha bo‘lgan yetkazib berishning butun siklini tashkil etish mayda amaliyotlar sonini sezilarli darajada qisqartirish, “inson omili” ta'sirini kamaytirish va barcha jarayonlarni yanada shaffofroq bajarishni ta'minlash imkonini beradi.
Zamonaviy raqamli logistik AT-platformalar sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida innovatsion qayta qurilish bosqichini boshdan o‘tkazmoqda. Mashina ta’limi algoritmlari ijrochilarning ishonchliligini tekshirish yoki tashishning adolatli bozor narxini belgilash kabi murakkab va mehnattalab amaliyotlarni ham avtomatlashtirishga imkoniyat yaratadi.
“Oxirgi milya”ni avtomatlashtirish
“Oxirgi milya” logistika amaliyotlarini avtomatlashtirish yaqin yillarda “e-commerce” bozorining barcha ishtirokchilari uchun rivojlanishning asosiy ustuvor jihati bo‘lishi mumkin", - deydi Xalqaro “ATI.SU yuk tashishlar birjasi”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vohidov.
Logistik operatorlar keng qo‘llaydigan logistik AT-platformalardan elektron tijorat va ichki yetkazib berish vazifalari sohasida foydalanish uchun qo‘llash mumkin. Tatbiqning "bulutli" modeli va mazkur xizmatlar provayderlaridan servis xizmat ko‘rsatilishi tufayli, “e-commerce” sektori kompaniyalaridan yetkazib berishning optimallashtirilgan va raqobatbardosh “oxirgi mil” yetkazib berilishini tashkil etish uchun qimmatbaho AT-infratuzilma va katta haq to‘lanadigan AT-mutaxassislarga ega bo‘lish talab qilinmaydi.
Mordor Intelligence tahlilchilarining fikrlariga ko‘ra, jahon raqamli logistika bozori 2020-2025-yillar mobaynida o‘rtacha yiliga 7,89% ga o‘sib boradi, bunda logistik kompaniyalarga biznes-jarayonlarni raqamlashtirishda xarajatlarni qisqartirish imkonini beruvchi o‘sish drayverlaridan biri butun yetkazib berish zanjiri bo‘ylab birgalikda ishlashni ta’minlovchi "bulutli" yechimlar bo‘ladi.
Hozirdayoq keskin o‘sish bosqichiga o‘tgan O‘zbekistondagi “e-commerce” bozori uchun barcha jarayonlarga raqamli logistika texnologiyalarini tatbiq etishni, hech bir mubolag‘asiz, tengi yo‘q trend deb atash mumkin.